Green Food by ShaK's logotipi Green Foodby ShaK's +998 55 255 06 66
NAMANGAN · HAR KUNI 09:00–20:00

Kaloriyasi hisoblangan tayyor ratsion — ertalab eshigingizda

Kunlik normangizni o'lchaymiz, ratsionni shunga qarab tuzamiz va kuniga to'rt-besh mahal tayyor ovqatni yetkazib beramiz. Och qolish yo'q — hisob-kitob bor.

Green Food kunlik ratsioni: sho'rva, salat, asosiy taom va shirinlik
07:30gacha yetkazib beramiz
4–5mahal ovqat kuniga
4kaloriya tarifi
O'zbekistonbo'ylab menyu xizmati

Tayyor ratsion tariflari

Namangan shahri bo'ylab yetkazib beriladi. Uzoq muddatga buyurtma qilsangiz chegirma qo'llanadi.

Tarif 1 kunlik 7 kunlik −5% 21 kunlik −10% 30 kunlik −15%
1200 kkal95 000630 0001 795 0002 425 000
1600 kkal120 000800 0002 270 0003 060 000
2000 kkal140 000930 0002 645 0003 570 000
3000–3500 kkal170 0001 130 0003 215 0004 335 000

Narxlar so'mda, bir kishi uchun. Individual (parhez) ratsion — kunlik narxga 50% ustama qo'shiladi. 1200 kkal tarifi faqat konsultatsiyadan keyin, nazorat ostida beriladi.

Uchta xizmat

Ratsion Namangan bo'ylab yetkaziladi. Menyu va rejalar butun O'zbekistonga hujjat shaklida yuboriladi.

Yangi sabzavotli salat
70 000 so'm

Konsultatsiya

BMI, BMR, tana yog'i foizi, muskul massasi va suv miqdori o'lchanadi. Kunlik kaloriya normangiz hisoblanadi va boshlang'ich tavsiya beriladi. Ofisda, Namangan.

Yozilish
Qizil baliq va bulgur solingan konteyner
100 000 – 500 000 so'm

Shaxsiy ovqatlanish rejasi

Maqsadingiz va sog'lig'ingizga moslashtirilgan menyu hujjat shaklida. Umumiy haftalik menyudan 10 kunlik individual rejagacha. Butun O'zbekistonga.

Paketlar
Tovuq va guruch solingan tayyor ratsion konteyneri
95 000 so'm/kun dan

Tayyor ratsion yetkazish

Kuniga 4–5 mahal, kaloriyasi va oqsili hisoblangan holda. Har bir konteynerda ism, tarif va mahal yozilgan. Ertalab 07:30 gacha manzilingizda.

Tariflar

Menyu paketlari

Bu xizmatlar uchun Namangalik bo'lishingiz shart emas — menyu elektron hujjat shaklida yuboriladi.

XizmatNarxHudud
Konsultatsiya (BMI, BMR, tana tarkibi)70 000Faqat ofisda — Namangan
Umumiy 1 haftalik menyu100 000Butun O'zbekiston
3 kunlik individual menyu200 000Butun O'zbekiston
1 haftalik individual menyu400 000Butun O'zbekiston
10 kunlik individual menyu500 000Butun O'zbekiston
15 ta parhez stoli bo'yicha menyu250 000Butun O'zbekiston

Narxlar so'mda. Aniq paketni tanlashda yordam kerak bo'lsa — qo'ng'iroq qiling, savollar berib mos variantni topamiz.

Qanday ishlaydi

Birinchi qo'ng'iroqdan birinchi yetkazishgacha odatda bir kun ketadi.

Qo'ng'iroq

Maqsadingizni so'raymiz: vazn kamaytirishmi, ko'paytirishmi yoki sog'liq bo'yicha parhezmi.

O'lchov

Ofisda tana tarkibi o'lchanadi, BMR hisoblanadi va kunlik normangiz aniqlanadi.

Ratsion

Normangizdan 10–20 foiz farq bilan menyu tuziladi. Oshxonada tarozida o'lchab tayyorlanadi.

Yetkazish

Ertalab 07:30 gacha manzilingizda. Har ikki haftada o'lchov qaytariladi va menyu tuzatiladi.

Menyudan namunalar

Barcha suratlar — bizning oshxonamizda tayyorlangan haqiqiy taomlar.

Kotlet, guruch va avokado
Kotlet, guruch, avokado
Qizil baliq va bug'da pishirilgan sabzavotlar
Qizil baliq, sabzavot
Syrniki va banan
Nonushta: syrniki
Tvorog, yong'oq va quruq mevalar
Tvorog, yong'oq
Grechka va go'shtli kotlet
Grechka, kotlet
Tovuq va pechda pishirilgan kartoshka
Tovuq, kartoshka
Mol go'shti va makaron
Go'sht, makaron
Yogurt, apelsin va rezavorlar
Shirinlik: yogurt

Ko'p beriladigan savollar

Ratsion faqat ozish uchunmi?

Yo'q. Tariflar 1200 dan 3500 kaloriyagacha. Vazn kamaytirish, saqlash yoki muskul massasini oshirish — har biriga alohida norma hisoblanadi. Sog'liq bo'yicha parhez kerak bo'lsa, individual ratsion tuziladi.

Namangandan tashqarida yashayman, foydalana olamanmi?

Tayyor ovqat yetkazish faqat Namangan shahri bo'ylab ishlaydi. Menyu paketlari va shaxsiy ovqatlanish rejalari esa butun O'zbekistonga elektron hujjat shaklida yuboriladi.

Bir kun sinab ko'rsam bo'ladimi?

Ha. Har qanday tarifni bir kunlik narxda sinab ko'rishingiz mumkin, uzoq muddatli majburiyatsiz. 1200 kkal tarifi bundan mustasno — u faqat konsultatsiyadan keyin beriladi.

Allergiyam yoki parhezim bor, hisobga olasizmi?

Ha. Konsultatsiya paytida aytasiz va ratsion shunga moslashtiriladi. Bunday holatda individual ratsion tuziladi — kunlik narxga 50% ustama qo'shiladi.

Ovqat qanday yetkaziladi va qancha saqlanadi?

Har bir mahal alohida konteynerda, ustida ism, tarif va mahal yozilgan holda. Ertalab 07:30 gacha yetkaziladi va o'sha kun uchun mo'ljallangan — muzlatgichda saqlab, kun davomida iste'mol qilasiz.

Aloqa

Har kuni 09:00 dan 20:00 gacha ishlaymiz.

Telefon

+998 55 255 06 66

Call-markaz

+998 97 231 66 66

Navbatchi raqam

Manzillar

Ofis: Namangan shahri, Marg'ilon MFY, Navoiy ko'chasi, 36-uy (Matbuot uyi)

Oshxona: Go'zal dahasi, Koinot 59

Ishlab chiqarish sexi: 3-mikrorayon